Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda kruiz kompaniyasi ummonni ifloslantirgani uchun rekord darajada jarima to‘laydi
Kaliforniyaning Princess Cruise kruiz kompaniyasi ummonni chiqindilar bilan ifloslantirish va buni yashirishga urinishdagi o‘z aybini tan oldi. Kompaniya 40 million dollar jarima to‘lashi talab etiladi, deb yozadi Washington Post gazetasi.
Princess Cruise — Carnival korporatsiyasining bo‘linmasi hisoblanadi. Jinoiy ish esa kompaniyaning 3,2 ming yo‘lovchiga mo‘ljallangan Caribbean Princess kemasi bilan bog‘liq. Kema uskunaga qo‘yilgan odatiy talablarni cheklab o‘tish bo‘yicha alohida nayranglarni ishlatib, tarkibida neft bo‘lgan minglab gallon chiqindini noqonuniy ravishda ummonga oqizib yuborgan.
Tergovning aniqlashicha, noqonuniy harakat 2005 yildan beri amalga oshirilgan. Ma'lum qilinishicha, kompaniyaning boshqa to‘rtta kemasida ham bir qator qonunbuzarliklar sodir etilgan.
Kompaniya rahbariyati afsusda ekani va kompaniya siyosatini buzgan kema xodimlarining harakatini oqlamasligini ma'lum qildi. Shuningdek, kompaniyada 2013 yilning avgustida – muammo haqida xabar topishgach, ichki tekshiruv boshlangani ham aytilgan.
Aybni tan olish bo‘yicha kelishuv shartlariga ko‘ra, Carnival korporatsiyasi kemalari millionlab jarima pulini to‘lashdan tashqari, besh yil davomida kemani kuzatib borish bo‘yicha ishlab, doimiy ravishda tashqi tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
14:56 / 01.04.2025