Umra mavsumida 15 mln ziyoratchi Saudiya Arabistoniga kelishi kutilmoqda
Saudiya Arabistonining Makka shahrida 1438 hijriy yil umra mavsumida xorijlik ziyoratchilar uchun 1500 dan ortiq mehmonxonalar tayyorlab qo‘yildi. Saudiya Arabistoni hukumati vakillarining ta'kidlashicha, bu yilgi “kichik haj” ibodatini ado etish uchun 15 000 000 ga yaqin ziyoratchilar tashrifi kutilmoqda. O‘tgan yilgi mavsumga solishtirganda bu yilgi umra ziyoratchilar soni 3 000 000 ga oshganini ko‘rish mumkin.
Joriy Umra mavsumining dastlabki kunlarida mavjud mehmonxonalarning 85 foizi band qilib qo‘yildi. Ayniqsa, Masjidi Haram atrofidagi mehmonxonalarga har yilgidek talab ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida haj va umra mavsumlari hijriy yil hisobida olib boriladi. Bu yilgi umra mavsumi 2016 yil noyabr oyidan 2017 yil iyul oyi boshlarigacha davom etadi.
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi,
Maqsud Karimov.
Mavzuga oid
21:48 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Salmon bilan uchrashdi
15:50 / 15.10.2024
“Bu katta miqdor emas” – Diniy qo‘mita raisi Umra litsenziyasining 1 million dollarlik sharti haqida
13:55 / 03.10.2024
Umra litsenziyasi bo‘yicha yangi talablar yaqin kunlarda e’lon qilinishi aytildi
20:41 / 24.09.2024