Jahon | 08:19 / 02.12.2016
2986
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada prezident impichmenti bo‘yicha ovoz berish 9 dekabrda o‘tkazilishi mumkin

Foto: Getty Images

Janubiy Koreyaning muxolif partiyalari mamlakat prezidenti Pak Kin Xening impichmenti bo‘yicha 9 dekabr kuni ovoz berish jarayonini o‘tkazish taklifi bilan chiqishmoqchi, deb xabar qildi Reuters Janubiy Koreya Demokratik partiyasi vakili Ki Don Minga asosan.

Mamlakatning uch muxolif partiyasi parlamentdagi 300 o‘rindan 165 tasini egallagan. Shu tariqa ular prezident impichmenti bo‘yicha ovoz berish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Biroq, impichmentni e'lon qilish uchun parlamentariylarning uchdan ikki qismi o‘z ovozini berishi lozim. Ular ichida “Senuri” hukmron partiya vakillari ham bor. 

Ta'kidlanishicha, muxolifatchilar o‘z maqsadiga erishsa, Pak Kin Xe Janubiy Koreyaning o‘z lavozimini muddatidan avval tark etgan birinchi prezidenti bo‘ladi.

Avvalroq, mamlakat muxolifati prezident impichmenti uchun yetarli bo‘lgan ovozlarni to‘plagani ma'lum bo‘lgandi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid