Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahrida bayramoldi oziq-ovqat yarmarkalari ish boshladi
Andijonda bayram kunlari arafasida mirishkor dehqon fermerlar tomonidan o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarni shahar aholisiga tortiq etilishi an'anaga aylangan. Kuni kecha shaharliklarni sifatli va arzon qishloq ho‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlar bilan ta'minlash maqsadida “Ona yer saxovati” yarmarkalari ish boshladi.
Shaharning 1-kichik dahasida Oltinko‘l tuman dehqonlarining ana shunday paviloni tashkil etilib, xaridorlarga poliz, sabzovot, baliq va go‘sht singari mahsulotlar arzon narxlarda yetkazib berilmoqda.

– Savdo shoxobchalarida dehqonlarimiz hamda oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan taqdim qilingan sara - poliz, meva, sut va non mahsulotlari sotilmoqda, – deydi viloyat hokimligi ma'sul vakili Botirjon Xamrayev. - Andijon shahrida 15ta ana shunday yarmarkalar tashkil etilgan bo‘lib, mahsulotlarimizning bozordagiga nisbatan arzon narxlarda sotilayotganidan shahar aholisi behad mamnun bo‘lmoqda.

Tashkil etilgan yarmarkalarga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashrif buyurib, aholi vakillari bilan suhbatlashdi va ular uchun savdo shoxobchalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025