Jahon | 14:39 / 03.12.2016
17113
2 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmonga yangi qarorgohlar quriladi

Foto: Asia-Plus

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonga yangi ikkita qarorgoh qurish rejalashtirilmoqda. Ularning biri Qo‘rg‘onteppa, boshqasi esa Ko‘lobda joylashadi.

Bunday qaror Tojikiston hukumati tomonidan qabul qilingan. Unda aytilishicha, “Tojikiston Respublikasi prezidentining Qo‘rg‘onteppa shahridagi qarorgohi” va “Tojikiston Respublikasi prezidentining Ko‘lob shahridagi qarorgohi” Davlat unitar korxonalari tashkil etiladi.

Hujjat TR hukumati raisi Imomali Rahmon tomonidan joriy yilning 12 noyabr kuni imzolangan. 

TR prezidenti devoniga esa ikki oylik muddat ichida tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish yuklatildi.

Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Tojikiston prezidentining hozircha yagona rasmiy qarorgohi – “Millatlar qasri” bo‘lib, u Dushanbe shahrida joylashgan.

Bu inshoot o‘tgan yili dunyoning eng chiroyli prezident qarorgohlari reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan. U faqatgina Oq uyga imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, “Millatlar qasri”ning qurilishi 2000 yilda boshlangan bo‘lib, 2008 yilda o‘z yakuniga yetdi. Qarorgoh 280 dan ziyod xonaga ega bo‘lib, umumiy maydoni 9 ming kvadrat metrga teng.

Mavzuga oid