Jahon | 22:27 / 03.12.2016
22759
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton AQSh prezidenti etib saylanishi so‘ralgan petitsiya rekord imzo to‘pladi

Foto: Getty Images

4,6 mlndan ko‘proq odam Change.org saytida AQSh vakil saylovchilarini Xillari Klintonga ovoz berishga chaqiruvchi elektron petitsiyani imzoladi. Shu tariqa, Change.org’ning maksimal to‘plangan imzolar bo‘yicha rekordi yangilandi.

"Xillari ovozlar bo‘yicha yutdi. Tramp g‘alabasining yagona sababi – vakil saylovchilar hay'ati. Biroq hay'at Oq uyni istalgan nomzodlardan biriga berishi mumkin. Biz demokratiya tantana qilishi uchun eng kam demokratik institutni qo‘llasak nima bo‘libdi?", deb aytmoqdalar petitsiya mualliflari. 

Ushbu sayt 9 yildan beri mavjud va uning yordamida o‘nlab davlatlarda minglab petitsiyalar yaratilgan. Millionlab odamlar unda o‘z fikrlarini bildirib imzolar qoldirishadi. 

AQShda Trampning g‘alabasi ko‘pchilikni hayratlantirdi. Milliarder Klintonga berilgan 232 nafar vakil saylovchilar ovoziga qarshi 306 ovoz bilan g‘alaba qildi.

Nazariy jihatdan Klintonda hali g‘alaba qilishga imkoniyat bor. 19 dekabrda vakil saylovchilar hay'ati ovoz beradi. Agar ular o‘zlari qarashli bo‘lgan shtatlar qaror qilgandek ovoz bersalar, unda g‘alaba Trampda qoladi.

Biroq Trampni tanlagan 14 shtatda agar vakil saylovchilar Klintonga ovoz berishga qaror qilsalar, ularga qarshi hech qanday huquqiy jazo ko‘zda tutilmagan. Shu tariqa bu 14 shtatdan 149 saylovchi Change.org’dagi petitsiyaga amal qilib, ko‘rsatmaga qaramasdan  Klintonga ovoz bersalar, unda Klinton prezident bo‘ladi.

AQSh tarixida 157 nafar shunday fikrini o‘zgartirgan saylovchilar bo‘lgan (ulardan 71 nafari nomzodlardan biri vafoti tufayli o‘z ovozlarini o‘zgartirganlar), biroq ular prezident saylovlari natijasiga biror marta ta'sir qilisha olmagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid