Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyalik ekspert: “Bugungi saylov O‘zbekistonda inson huquqlari ta'minlanganidan dalolat beradi”
Diter Brandenburger, Germaniya – O‘zbekiston do‘stlik jamiyati vitse-prezidenti:

– Aholining aksariyati saylovning muhimligini hamda ovoz berishda qatnashish zarurligini teran his etayotgani ularning erta tongdan bu jarayonda faol ishtirok etishidan ma'lum bo‘ldi. Har bir fuqaro millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, saylash va saylanish huquqiga ega ekani juda e'tiborlidir. Bu mamlakatingizda inson huquqlari ta'minlanganidan, ijtimoiy tenglik qaror topganidan dalolat beradi.
Aliheydar Rzayev, «Aviamost» jurnali muharriri (BAA):

– Ko‘zi ojiz fuqarolarga brayl alifbosida saylov mavzuida risolalar va maxsus byulletenlar chop etilgani, nogironlarga ovoz berish uchun kabinalar tayyorlangani tahsinga loyiq. Insonlar oilasi bilan bayramona kayfiyatda saylovga keldi. Ular o‘zi va farzandlari kelajagini tanlayotganini juda yaxshi biladi.
Jurnalistlar uchun yaxshi imkoniyalar yaratilgan. O‘zbekiston matbuotida erkin faoliyat yuritilishining guvohi bo‘ldim. Press-klubda hamkasblarimiz bilan muloqot qildik. Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan saylov uchastkasida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan ham bog‘lanib turibman. Ular saylov ochiq va oshkora o‘tganini ma'lum qildi. O‘zbekistonga yurtimda faoliyat yuritayotgan bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari kelgan.
Muxarbek Didigov, Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari:

– O‘zbekiston xalqi Prezident sayloviga nafaqat mamlakat hayoti, balki o‘zi va oilasining ertangi taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega katta siyosiy jarayon sifatida yondashayotgani, avvalo, kafolatli va barqaror hayot uchun ovoz berayotgani tahsinga loyiq. Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida saylovga tayyorgarlik va saylov jarayoni bilan bevosita tanishib, bunda aholining barcha qatlami uchun teng va keng imkoniyatlar yaratilganiga guvoh bo‘ldik.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025