Jahon | 00:19 / 04.12.2016
7486
1 daqiqa o‘qiladi

Glazgoda yo‘lovchi samolyoti uchishi vaqtida uchuvchida yurak xuruji yuz berdi

Foto:Rex Features

Shotlandiya  poytaxti Glazgodagi xalqaro aeroportda KLM aviakompaniyasining ichida 128 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyoti havoga ko‘tarilish oldidan tezlashayotgan vaqtda uchuvchida yurak xuruji yuz berdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda

Samolyot ekipaji a'zolarining aytishicha, uchuvchi o‘zini yomon his qila boshlagan va shu sababli samolyotni to‘xtatgan. Shundan keyin samolyotga aeroportning yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari ko‘tarilib, uchuvchini "tez tibbiy" yordam mashinasiga olib borishgan.

Uchuvchi shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlar uning ahvolini barqaror deb baholashgan. Samolyot Glazgo-Amsterdam reysini amalga oshirishi kerak bo‘lgan. Voqea sababli reys qoldirilgan. 

 

Mavzuga oid