Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilmiy tadqiqot: Toza havoda o‘ynash keksayganda ko‘z nurlarini saqlab qolish kafolati
Zamonaviy bolalar va o‘smirlarning aksariyati ko‘chada o‘tadigan o‘yinlarga vaqtlarini juda kam ajratishmoqda. Bu xavfli, chunki quyosh nuridan yetarlicha bahramand bo‘lmaslik, ko‘rish qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazadi. The Daily Mail nashrining London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi vakili ma'lumotiga asoslanib yozishicha, ultrabinafsha nurlarining V-spektrdagi harakati miopiya (uzoqni ko‘ra olmaslik) kasalligining xavfini kamaytiradi.
Eng asosiysi yoshlik vaqtini quyosh nurlari ostida ko‘proq o‘tkazish kerak. Bu ko‘rish qobiliyatini kesayganda ham saqlab qolishga imkon beradi. Olimlar miopiyani o‘rganish uchun 65 va undan katta yoshli bo‘lgan 4000 nafarga yaqin odam ustida tadqiqot olib borishdi. Ular ko‘ngillilarning ko‘rish darajasini tekshirishdi, qonlaridan namuna olishdi va inson hayoti bilan bog‘liq so‘rovnomalar o‘tkazishdi.
Barcha omillar o‘rganib bo‘lingandan so‘ng, miopiyaga chalingan 371 kishilik, 2797 kishi esa sog‘lom kishilar guruhi qoldi. Tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo‘ldi-ki, ultrabinafsha nurlari 14-19 va 20-39 yoshda uzoqni ko‘ra olmaslik xavfini pasaytirishga xizmat qilar ekan.
Mavzuga oid
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022
Buloqboshi tumanida tug‘ruq jarayonidagi chaqaloq o‘limi bo‘yicha mas’ullar lavozimidan ozod etildi
19:30 / 05.05.2022
O‘zbekistonda tez yordam chaqiruvlari rivojlangan davlatlardagidan 6-7 baravar ko‘pligi aytildi
19:22 / 05.05.2022