Sport | 15:29 / 05.12.2016
7304
2 daqiqa o‘qiladi

Misrdagi yetakchi klub chempionatga boykot e'lon qildi. Noodatiy sabab

Misrning «Zamalek» klubi mamlakat milliy chempionatidan chiqib ketishi haqida e'lon qildi. 

«Bu mavsumda chempionatdagi ishtirokimizni davom ettirmaymiz. Hakam Ibrohim Nur ad-Din – poraxo‘r, men unga bunday tirikchilik qilishiga yo‘l qo‘ymayman. Ushbu mavsumda boshqa o‘ynamaymiz, hakamlar bizni majaqlab tashlashmoqda. Hani Abu Rido (Misr futbol federatsiyasi vitse-prezidenti) barcha jihatlar standartlarga mos bo‘lishini ta'minlay olmayapti.

Bu safar hazillashayotganim yo‘q. Butun direktorlar kengashi mavsumni davom ettirishimizga qarshi bo‘lmoqda. Yo biz keyingi o‘yinda maydonga tushmaymiz, yoki men ketaman. Men hakamlarning bosimiga boshqa chidab tura olmayman», – degan «Zamalek» prezidenti Murtazo Mansur.

O‘tgan yil dekabrida ham «Zamalek» hakamlar tufayli chempionatdan chiqib ketishini e'lon qilgandi. O‘sha mavsumda jamoa 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, hozirga kelib 6-o‘rinda borishmoqda.

Mavzuga oid