Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning hukumat qo‘shini sharqiy Halabning 60 foiz hududini ozod qildi
Suriya armiyasi mahalliy kuch ishlatar tuzilmalar yordamida jangarilar qo‘l ostida bo‘lgan sharqiy Halabning 60 foiz hududini ozod qildi. Bu haqda "Al-Masdar" nashri ma'lum qilmoqda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, shahar shimolida terrorchilar mudofaasining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng, Suriya hukumati qo‘shini Halabni ozod etishning ikkinchi bosqichini boshladi.
Operatsiya armiya bo‘linmalari Halab xalqaro aeroportining g‘arbida joylashgan universitet shaharchasini ozod etishga kirishishidan boshlandi. Harbiylarning maqsadi – aeroport va shahar markazini bog‘lab turuvchi Al-Bab shossesi va boshqa yo‘llar o‘tgan hududni ozod qilish edi.
Oradan bir necha kun o‘tib, hukumat qo‘shinlari Karm-al-Jazmatiy, Karm-at-Tarrab, Daret-Avad, Karm-al-Maysar, Karm-at-Taxan, Karm-al-Katerjiy, Tarik-al-Bab va Xalvaniya mavzularini jangarilardan ozod etishdi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
13:20 / 21.05.2025