Jamiyat | 09:55 / 05.12.2016
8770
3 daqiqa o‘qiladi

Tramp "Yovuzlar va qahramonlar" baliga "Tramp qiyofasida" keldi

Foto: © APFoto: © AP Photo/Evan Vucci

Donald Tramp ishtirokida Nyu-Yorkning Long-Aylend tumanida "Yovuzlar va qahramonlar" bali o‘tkazildi. Bu haqda Politico xabar berdi

Nashr manbalarining aytishicha, Tramp balga qora kostyum va galstukda tashrif buyurgan.

Trampdan u kimning "qiyofasida" kelganligi so‘ralganda, AQShning yangi prezidenti barmog‘i bilan o‘ziga ko‘rsatib, "O‘zimning qiyofamda", deb javob bergan. Tramp bilan oila a'zolaridan hech kim bo‘lmagan, u ko‘ngilochar kechaga yordamchisi Kellienn Konuey bilan birga kelgan. Konuey esa xo‘jayinidan farqli ravishda, kechaga "superqiz" kostyumida kelgan. Ular bilan birga Trampning bosh maslahatchisi Stiv Bennon ham bo‘lgan. U ham hech qanday maskarad kiyimlarisiz, jiddiy ko‘rinishda bo‘lgan.

Har yilgi an'anaviy bal tashkilotchisi Trampning saylov kampaniyasi asosiy homiysi – Merserlar oilasi bo‘ldi.

3 dekabrda Nyu-Yorkning 100 mingga yaqin aholisi Donald Trampning 20 yanvardagi inauguratsiyasidan keyin uning rafiqasi Melaniya shaharni tark etishi talab qilingan petitsiyani imzolashgandi.

Petitsiyada aytilishicha, "Melaniya turmush o‘rtog‘i prezidentlik vazifalarini bajarishga kirishgach, o‘zining dizaynerlik jamodonlarini olib, keyingi yil yanvarida shaharni tark etishi kerak". Petitsiyaga imzo chekkanlar Melaniyaga "Oq uyga zudlik bilan ko‘chib o‘tishni" tavsiya qilishgan.

Biroq petitsiya mualliflarining aytishicha, agar Melaniyani qo‘riqlash bo‘yicha sarf-xarajatlar shahar byudjyetidan Trampning o‘ziga yuklansa, unda ular bo‘lg‘usi birinchi xonimning Nyu-Yorkda qolishiga qarshi emaslar. Bunga ketadigan xarajatlar esa "yo‘llar, maktablar, shifoxonalar qurishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga" sarflanadi.  

Trampning rafiqasini qo‘riqlash kuniga bir million dollarga aylanmoqda.

 

Mavzuga oid