Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik taekvondochilar Jahon kubogida omadli ishtirokini davom ettirmoqda
Dunyoning 22ta davlatidan jami 1300 nafar sportchi qatnashayotgan yilning so‘nggi nufuzli musobaqasida O‘zbekiston yoshlar va kattalar terma jamoasi ham to‘liq tarkibda (47 nafar) ishtirok etyapti. Musobaqa Belarus poytaxti Minsk shahrida tashkil etilgan.
Hamyurtlarimiz kechagi kungi bahslardan so‘ng 8ta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
O‘z vazn toifalarida Jasurbek Salimov (45 kg), Malika Choriyeva (63 kg), Kamronbek Toxirov (40 kg), Ruxshona Saidova (29 kg), Zarguna Axrorqulova (35 kg), Mahfuza Jumaboyeva (40 kg) oltin medal bilan taqdirlanishdi.
Til bahslarida Zarguna Axrorqulova va Aleksandr Chetvertikov ham shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Sabina Mahmanazarova esa til bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Terma jamoamiz a'zolaridan Denis Kim, Yevgeniy Kim, Gulijon Bahromova (46 kg), Nafisa Usmonova (23 kg) va Oygul Bolat (52 kg) bronza medali bilan Toshkentga qaytishadi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025