Jamiyat | 18:22 / 06.12.2016
3655
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyadagi eng keksa sudlanuvchi 101 yoshga kirdi

Foto: PA

Buyuk Britaniyada qora kursiga o‘tirgan eng keksa fuqaroga Birmingem shahridan bo‘lgan 101 yoshli erkak aylandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bergan.

Yuk mashinasining sobiq haydovchisi voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy xatti-harakatlarni amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda. Ayblov ma'lumotlariga ko‘ra, u 1974-1983 yillar oralig‘ida o‘z uyi yonidagi avtomobil turargohida jinoyatni amalga oshirgan. Uning qurbonlariga ikki qiz va bir o‘g‘il bola aylanishgan.

Jabrlanuvchilar politsiyaga bir yil avval murojaat qilishgan bo‘lib, surishtiruv jarayonidan so‘ng keksa yoshli erkakni 17 ta jinsiy jinoyatda ayblashdi. Bu haqda boshqa ma'lumot berilmagan.

Birinchi yig‘ilish chog‘ida sudya sud maslahatchilarini ayblanuvchi yaxshi eshitmasligi haqida ogohlantirgan. Unga maxsus yordamchi taqdim etildi – u savollar va boshqa muhim ma'lumotlarni baland ovozda takrorlab turadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid