Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning yangi portal avtobusi yaratuvchilari "yo‘qolib qoldilar"
Xitoy matbuotida "kelajak avtobusi" deb e'tirof etilgan Xitoyda yaratilgan portal avtobusi – TEB jurnalistlar tomonidan Shanxay chekkasida tashlandiq holda topildi. Jurnalistlarning aytishicha, avtobus tashlandiq holga kelib qolgan, katta umidlar bergan avtobus yaratuvchilari esa aloqaga chiqmay qo‘yganlar, deb xabar bermoqda Shanghaiist.
Nashrning yozishicha, avtobus ikki oydan beri sinov yo‘lining bostirmasi ostida chang bosib yotibdi. Jurnalistlarning aytishicha, kelajak transportini bir necha qo‘riqchi qo‘riqlamoqda. Ularning aytishicha, avtobusni ishlab chiqqan kompaniya menejyerlari aloqaga chiqmayaptilar, avtobus bilan esa 2 oydan beri hech kimning ishi yo‘q.
Ostidan mashinalar o‘ta olishi mumkin bo‘lgan avtobusning kontsepti 2016 yil may oyida taqdim qilingandi. Loyihaning bosh muhandisi o‘shanda va'da berganidek, avtobus funksionalligi bo‘yicha metro yoki monorelsning arzon muqobili bo‘lishi kerak edi.
2 avgustda avtobusning amaldagi modeli namoyish qilingandi va shundan keyin u haqda mahalliy matbuotda ijobiy fikrlar bildirilgandi. Biroq taqdimotdan bir haftadan keyin jurnalistlar bu fikrlarini birdaniga o‘zgartirib, uning yaratuvchilarini katta firibgarlikda gumon qila boshlashgandi.
Aniqlanishicha, loyihaning bosh muhandisi sifatida tanishtirilgan odam hattoki o‘rta ma'lumotga ham ega bo‘lmagan, avtobus yaratilishiga sarmoya kiritgan odamlar esa pullari qaytarilishiga hech qanday moliyaviy kafolat olmaganlar.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025