Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xosep Gvardiola nega Fabregas bilan qo‘l berib so‘rashmaganini izohladi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining «Chelsi»ga qarshi uchrashuvidan (1:3) keyin londonliklar jamoasi yarimhimoyachisi Sesk Fabregas bilan nega qo‘l berib ko‘rishmagani borasidagi savolga javob berdi.
«Yechinish xonasiga ketishda Sesk bilan salom-alik qilgandim. O‘yin tugagach, maydonga tushib kelganimda u nega yana men bilan salomlashmoqchi bo‘lganini tushunmadim», — deya Gvardioladan iqtibos keltiradi Daily Mail.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv yakunlangach, Gvardiola futbolchilariga minnatdorchilik bildirish uchun chiqqan, yo‘l-yo‘lakay u bilan so‘rashmoqchi bo‘lgan Fabregasga e'tibor qaratmasdan o‘tib ketgandi.
Qayd etish kerakki, o‘yin tugashi arafasida David Luizga nisbatan ishlatilgan qo‘polligi uchun Serxio Aguero chetlatilgan vaziyatda Fabregas Fernandinoning yuziga urib, unga provakatsiya uyushtirgan va raqibni qizil kartochka olishga majburlagandi.
Video: Gvardiola Fabregasni ko‘rishni istamadi
Mavzuga oid
15:21 / 02.03.2025
Gvardiola: «Husanov sotib olinganidan juda ham minnatdorman»
13:00 / 02.02.2025
«Husanovni ayblamayman» - Gvardiola va De Bryuyne o‘zbekistonlik himoyachining debyuti haqida gapirishdi
19:35 / 23.12.2024
«Siti»dagi inqiroz. Nimalar bo‘lmoqda va nima qilish kerak?
15:41 / 26.09.2024