Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik shifokorlar bemorning o‘t pufagidan katta miqdorda tosh olishdi
Hindistonning Jaypur shahridagi davlat shifoxonasida 46 yoshli tadbirkorning o‘t pufagidan o‘lchami 1,5 mm dan 3,5 mm gacha diametrdagi deyarli 12 mingta tosh chiqarib olindi. Bu haqda Asian Age nashri xabar bermoqda.
"Oxirgi ikki yil davomida bemor qorin sohasidagi og‘riqlardan aziyat chekib kelgan. U bir necha marta turli shifoxonalarga murojaat qilgan, biroq uning o‘zini yomon his qilishining aniq sababini yaqinda aniqlashga muvaffaq bo‘ldik", deb aytdi jurnalistlarga bemorni operatsiya qilgan shifokor Jivan Kankariya. Mutaxassisning aytishicha, u muammo bunchalik darajada nostandart bo‘lishini xayoliga ham keltirmagan.
Tadqiqotning ko‘rsatishicha, erkakning o‘t pufagi normal o‘lchamlardan ikki barobar katta va toshlar bilan deyarli to‘la bo‘lgan. Unda o‘t umuman bo‘lmagan, shuning uchun kompyuter tomografiyasi ham aniqlik kiritmagan. "Biz ancha ter to‘kishimizga to‘g‘ri keldi: biz o‘t pufagida 1,2 sm lik kesik ochib, u orqali 11816 ta toshni chiqarib oldik", deb aytmoqda shifokor. Uning aytishicha, bu boradagi avvalgi rekord natija 4 mingta tosh bo‘lgan. "Biz Ginness rekordlar kitobiga murojaat qildik va buni qayd qilishni so‘radik", deb qo‘shimcha qildi Kankariya.
Shifokorlarning aytishicha, bu holat shunisi bilan ham noodatiyki, bemor sog‘lom turmush tarzi kechirgan, chekmagan va ichmagan, sport bilan shug‘ullangan va odatda sog‘lom tarzi kechiruvchi odamlar uchun bunday kasalliklar xos emasdir. Erkak operatsiyadan keyin tuzala boshladi va endi bu "rekord natijasi" tarix sahifalariga muhrlanishini intiqlik bilan kutmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025