Jamiyat | 19:35 / 06.12.2016
13815
1 daqiqa o‘qiladi

Tarmoqda bortida afg‘on generali bo‘lgan vertolyot halokati tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Tarmoqda Mi-17 vertolyotining halokati tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Uning ichida mamlakatning yetti armiya harbiy birikmasidan biriga qo‘mondonlik qilgan afg‘on generali Muhiddin G‘ori bo‘lgan. Halokat 29 noyabr kuni yuz bergan bo‘lib, videoyozuv bir hafta o‘tib paydo bo‘ldi. General halok bo‘lgan, uning yetti nafar hamrohi esa turli jarohatlarni oldi.

Ma'lum bo‘lishicha, baxtsiz xodisa texnik nosozlik tufayli yuz bergan – vertolyotning orqa vinti ishdan chiqqan. Avvalroq, urib tushirilgan vertolyot uchun javobgarlikni toliblar o‘z bo‘yniga olgandi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani G‘orining halok bo‘lgani qurolli kuchlar va butun mamlakat uchun katta yo‘qotish ekanini aytib o‘tdi.

Mavzuga oid