Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumon qilinib muxolifat vakili qo‘lga olindi
Turkiya politsiyasi Fotih Gursuni iyul oyida amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinishlarga aloqadorlikda gumon qilib qo‘lga oldi. U mamlakat hukmron partiyasiga asosiy muxolif Xalq respublika partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lining siyosiy maslahatchisi bo‘lgan. Bu haqda Hurriyet nashri yozmoqda.
Avvalroq, Gursu Gulen tarafdorlariga qarshi kampaniya doirasida Istanbul universitetidan haydalgan edi.
Nashrning huquq idoralariga asoslangan holda yozishicha, Gursu Istanbul prokuraturasi tomonidan berilgan orderga binoan Anqaradagi ish joyida qo‘lga olingan. Politsiya mahkamasi shuningdek, tintus ishlarini ham olib borgan. U sud majlislarida ishtirok etishi uchun Istanbulga olb kelinishi aytilmoqda. Gazetaga ko‘ra, Gursu shifrlangan By Lock ilovasi foydalanuvchisi bo‘lgan. Turkiya prokuraturasining ta'kidlashicha, Gulen tarafdorlari ayni shu ilovani qo‘llashadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025