Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik futbolchi «Zenit»da ko‘rikdan o‘tadi
Qarshining «Nasaf» klubi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev yaqin kunlarda Rossiyaga jo‘nab ketadi.
Tribuna.uz nashri bergan xabarga ko‘ra, Aziz G‘aniyev Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida ko‘rikdan o‘tadi. Ko‘rik muvaffaqiyatli o‘tsa, futbolchi keyingi yildan boshlab Rossiya Premer-ligasi jamoasi safida to‘p surishni boshlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Zenit» vakillari futbolchining o‘yinlarini kuzatishgan va uning transferi bo‘yicha muzokaralar olib borgani haqida xabar tarqatilgandi.
Aziz G‘aniyev «Nasaf»ning joriy mavsumdagi Oliy Liga o‘yinlarida 17 bor ko‘rinish bergan. Shulardan 11 tasida uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan.
Mavzuga oid
14:48 / 12.02.2021
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston milliy jamoasi «Zenit»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
14:06 / 24.01.2021
O‘rtoqlik o‘yini. «Paxtakor» «Zenit»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
00:53 / 06.07.2020
«Zenit» mehmonda «Krasnodar»ni yengib, Rossiya chempioni bo‘ldi. Ozmunda dubl
01:16 / 22.01.2020