Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda politsiyachi BAAlik talabani otib tashladi
AQShning Ohayo shtatida politsiya xodimi u bilan ziddiyatga borgan BAAlik talabani otib tashladi. Bu haqda mahalliy hukumat ma'lumotiga asoslanib, “Reyter” xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, voqea yakshanba kuni yuz bergan. Politsiyaga yo‘l harakati buzilganligi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushadi. Politsiyada ma'lum qilishlaricha, xavfli harakat qilgan avtomobil qayrilib to‘xtaydi, haydovchi o‘rmonga berkinadi. U yerda uni politsiya quvib yetadi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimi bilan ziddiyat yuzaga keladi va yigit otib tashlanadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan yigit 26 yoshda bo‘lib, ismi Saif Nosir Muborak Alameriy bo‘lgan. U Klivlend universitetida tahsil olgan. Uning o‘limiga qotillik sifatida qaralmoqda.
Agentlik xabariga ko‘ra, BAA TIV vakili elchixona mazkur ishni o‘rganayotgani haqida ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025