Sport | 03:32 / 07.12.2016
8167
2 daqiqa o‘qiladi

D guruhi. «Bavariya» o‘ch oldi. «Rostov» ertagi yevrokuboklarning bahorgi qismida ham davom etadi

Foto: Twitter/Champions League

Guruhda qolga yagona intriga Yevropa ligasi uchun beriladigan yo‘llanma uchun o‘yin edi. Kerak paytda himoyalanishni qoyillatadigan «Rostov» bu safar ham vazifani qoyilmaqom tarzda uddaladi. Niderlandiyada qayd etilgan 0:0 hisobidagi durang jamoani Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga olib chiqdi.

«Bavariya» esa pley-off oldidan o‘ziga ishonch oshirib olish uchun ham «Atletiko»ni mag‘lub etishi kerak edi. Levandovskining jarima zarbasidan kiritgan goli Anchelotti shogirdlariga g‘alaba keltirdi. Ammo g‘alaba «Bavariya»ga ikkinchi o‘rindan yuqorilash imkoniyatini bergani yo‘q.

YeChL. 6-tur

D guruhi

PSV (Niderlandiya) – Rostov (Rossiya) 0:0
PSV:
Zut, Shvaab, Moreno, Brenet, Izima-Miren (Narsinx, 77), Zinchenko (Pereyro, 62), Ramselar, Bergveyn, Propper, Aryas (de Yong, 62), de Yong.
Rostov: Janayev, Navas, Granat, Kudryashov, Mevlya, Noboa, Kalachev (Terentev, 80), Gatskan, Yeroxin, Poloz (Buxarov, 89), O‘zmun (Izzatullohi, 90).
Ogohlantirishlar: Granat (40), Bergveyn (64), Moreno (87).

Bavariya (Germaniya) – Atletiko (Ispaniya) 1:0 (1:0)
Gol:
1:0 – 28 Levandovski.
Bavariya: Noyyer, Alaba, Xummels, Rafinya, Bernat, Sanshesh, Vidal, Robben (Kimmix, 83), Alkantara, Duglas Kosta (Martines, 87), Levandovski (Myuller, 80).
Atletiko: Oblak, Godin, Lyuka Ernandes, Vrsalko, Savich, Ferreyra Karrasko (Gameyro, 60), Saul, Gaytan (Korrea, 60), Koke (Parti, 68), Grizmann, Gabi.
Ogohlantirish: Gabi (61).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid