Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi fast fud iste'molchilari soni besh yilda birinchi marta kamaydi
Fast fud bilan oziqlanuvchi amerikaliklar soni joriy yilning uchinchi choragida 1 foizga kamaydi. Shunisi diqqatga sazovorki, 5 yilda birinchi marta ana shunday natijaga erishildi. Bu haqida MarketWatch nashri NPD Group kompaniyasi tadqiqotiga asoslanib xabar berdi.
Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, bunday vaziyat AQSh supermarketlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining so‘nggi 12 oyda 2,4 foizga pasayishi bilan bog‘liq. Shuni ta'kidlash joizki, ba'zi mahsulot turlari, masalan, tuxum narxi ikki barobar pasaygan.
NDP tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning to‘rtdan uch qismi so‘nggi paytlarda restoranlarga kamroq pul sarflaydigan bo‘lishdi. So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati restoranlardagi narxlarning haddan tashqari qimmatligidan shikoyat qilishgan.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi o‘n yillikda restorandagi o‘rtacha hisob 21 foizga oshgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025