Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada prezident Ollandning safdoshiga nisbatan hukm o‘qildi
Fransiyaning sobiq byudjyet vaziri Jyerom Kayuzak 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Hukmni Parij sudi qabul qilgan. Kayuzak soliq to‘lamaslik va pulni noqonuniy o‘tkazishlarda ayblangan. Sud qaroriga ko‘ra, Kayuzak «favqulodda va o‘ta jiddiy» qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan.
Ta'kidlanishicha, sobiq vazir va uning ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingan rafiqasi 20 yil mobaynida xorijdagi noqonuniy hisob raqamlaridan foydalanishganiga iqror bo‘lishgan. Ayni vaqtda ular soliqlar bo‘yicha 2,3 mln yevrolik qarzini to‘lashgan.
Prokuraturaning qayd etishicha, Kayuzak umumiy hisobda 3,5 mln yevroni davlat soliq xizmatidan yashirib qolgan.
Fransiya prezidenti Fransua Olland hukumatidagi asosiy vazirlardan biri Jyerom Kayuzak 2013 yilda iste'foga chiqarilgan edi.
Kayuzak Olland safdoshlaridan biri hisoblanadi, sobiq vazir prezidentning saylovoldi kampaniyasida muhim o‘rin tutgan edi. Kampaniya «Saylovchilar oldida to‘liq shaffoflik» shiori ostida bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025