Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Olimpiadaning kumush medali sovrindorlariga oltin uchun ta'sis qilingan pul mukofotlari topshirildi
Qozog‘istonlik bokschilar Vasiliy Levin va Adilbek Niyazimbetov 34 million tengelik sertifikatlarni qabul qilib olishdi. Olimpiadada kumush medallar bilan taqdirlangan sportchilarga "oltin" medal uchun ta'sis qilingan mukofot miqdoridagi mukofot pullari Milliy olimpiya qo‘mitasi va Qozog‘iston boks federatsiyasi prezidenti Timur Kulibayev tomonidan topshirilgan.
«Vasiliy ajoyib ishtirok etdi. Faqat biznikilar emas, xorijlik muxlislar ham, xalqaro mutaxassislar ham u finalda g‘olib chiqqani haqida aytishdi. U o‘zini munosib tutdi, bahslashishni o‘ziga ep ko‘rmadi va raqibga hurmat bildirdi.
Adilbek o‘zining bor mahoratini namoyish qildi. Olimpiya o‘yinlarida ikkinchi marta kumush medal olishga muvaffaq bo‘ldi», - degan MOQ rahbari.
U Qozog‘iston rahbari va mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyev sportchilarning yutuqlarini yuqori baholaganini qayd etib o‘tdi.
Davlat rahbari ko‘rsatmasi bo‘yicha, ushbu sportchilarga ham xuddi Olimpiya chempionlariga berilgani kabi 34 mln tenge miqdoridagi mukofotlar berildi.
Ikki sportchi ham prezidentga, Kulikbayevga va barcha qozog‘istonliklarga minnatdorchilik bildirgan.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025