Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Islom Karimov haykali o‘rnatiladi
Moskva shahar dumasining yodgorlik san'ati bo‘yicha komissiya payshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Rossiya poytaxtida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali o‘rnatilishi g‘oyasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
Komissiya raisi Igor Voskresenskiyga asoslanib Interfaks nashrining xabar berishicha, Karimovga Moskvada yodgorlik o‘rnatish g‘oyasi O‘zbekiston tomonidan bildirilgan.
Yodgorlik Polyanka ko‘chasidagi xiyobonga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

"Haykal O‘zbekiston elchixonasi fonida joylashadi", - deya qayd etgan Voskresenskiy.
O‘z navbatida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov komissiya a'zolariga ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildirgan.
"Haykal loyihasi xalqaro tanlov orqali tanlanadi", - degan elchi.
Haykaltaroshlik ishlari uchun to‘lovlar O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladi, hududdagi obodonlashtirish va qurilish ishlari xarajatlari Moskva byudjyeti tomonidan qoplanadi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025