Jamiyat | 15:26 / 08.12.2016
7589
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyolik tadbirkor xodimlarining Maldiv orollarida hordiq chiqarishi uchun 500 ming dollar to‘ladi

Singapurning Evolve kompaniyasi egasi Chatri Sityodton 100 nafar xodimining Maldiv orollarida hordiq chiqarishi uchun deyarli 500 ming dollar to‘ladi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Tadbirkor qo‘l ostidagi xodimlarga bunday sovg‘ani yaxshi ishlashgani uchun taqdim etgan. Ularning sa'y-harakati natijasida aralash yakkakurashlar bo‘yicha musobaqalar tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi firma daromadi joriy yilda 2015 yil bilan taqqoslaganda 30 foizga oshgan.

Sityodton xodimlarining yo‘l uchun barcha sarf-xarajatlarini o‘z zimmasiga olgan. Ularning necha kun dam olishi oshkor etilmadi. Xabarlarga ko‘ra, biznesmen so‘nggi besh yil davomida xodimlariga bir necha bor shunday sovg‘a qilgan – ular Indoneziya va Tailandda besh yulduzli mehmonxonada yashab, hordiq chiqarib qaytishgan.

Mavzuga oid