Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda ikki yil ichida 50 ming terrorchi yo‘q qilingani ma'lum bo‘ldi
IShID jangarilariga qarshi harbiy operatsiya boshlangan vaqtdan buyon AQSh harbiy kuchlari va koalitsiyasi taxminan 50 ming terrorchini yo‘q qildi. Bu haqida ismini oshkor qilishni istamagan AQShning harbiy amaldori bergan ma'lumotga asoslanib, Reuters xabar qildi.
Amaldor bu raqamlar "AQSh koalitsiyasining jangari guruhlar bilan naqadar samarali kurashayotgani"dan dalolat berishini ta'kidladi.
Joriy yilning oktabr oyida ommaviy axborot vositalari tomonidan AQSh Mo‘suldagi 900 nafar IShID jangarisini yo‘q qilgani haqida ma'lum qilingandi.
Bir oydan keyin Iroq maxsus kuchlari ham Mo‘suldagi harbiy operatsiyada mingga yaqin jangarini yo‘q qilingani haqida xabar berildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025