Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugatti Chiron dizayneri Hyundai kompaniyasining qimmat avtomobillari bilan shug‘ullanadi
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasining Genesis brendi ostida ishlab chiqariluvchi avtomobillari dizayni bilan rossiyalik Aleksandr Selipanov shug‘ullanadi. U bungacha o‘n yildan ortiq vaqt yil mobaynida Volkswagen konsernida faoliyat yuritib, Lamborghini Huracan va Bugatti Chiron dizaynlari uchun mas'ul edi. Endilikda, Sasha Germaniyadagi studiyada faoliyat yuritib, bevosita Hyundai va Genesis bosh dizayneri Lyuk Donkervolkega bo‘ysunadi.
Selipanov maktabni bitirgach, dizaynerlik bo‘yicha tahsil olish uchun Kaliforniyaga ketgan. 2005 yilda u «Folksvagen»da ishlashni boshlagan. 2010 yilda Lamborghini kompaniyasiga o‘tdi. Uch yil muqaddam, dizayner Bugatti kompaniyasining yangi giperkari uchun tanlovda g‘olib bo‘ldi va brend jamoasiga qo‘shildi. Bir necha oy muqaddam, Selipanov Volkswagen konsernidan ketishini bildirdi.
Genesis savdo belgisining ilk hashamatli sedani G90 bo‘ladi. U 315 dan 425 ot kuchigacha bo‘lgan uch xil benzinli dvigatel bilan taqdim etiladi. Yaqin to‘rt yil mobaynida brend yana beshta model ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Ular orasida, ikkita sedan (ixcham va o‘rta hajmli), bir juft krossover va yangi kupedir. To‘rt eshikli avtomobillar kelasi yil paydo bo‘lishi kutilayapti.
Mavzuga oid
22:13 / 16.01.2025
Xitoy Volkswagenʼning Germaniyadagi zavodini sotib olishga qiziqish bildirmoqda
22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi
23:27 / 27.12.2024
Internetda Volkswagenʼning 800 mingga yaqin elektromobili haydovchilariga oid ma’lumotlar tarqalib ketdi
20:30 / 02.12.2024