Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Qozog‘istonga 2 kunlik tashrif bilan keladi
Rajab Toyib Erdo‘g‘an 11 dekabr kuni Qozog‘istonga keladi. Bu haqda "Anadolu" agentligi Turkiya prezidenti ma'muriyatiga asoslanib xabar tarqatgan. U Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev taklifi bilan ushbu mamlakatga ikki kunlik tashrif amalga oshirmoqda.
Tashrifi davomida Erdo‘g‘an Nazarboyev bilan yuzma-yuz va keng doiradagi uchrashuvlar o‘tkazadi. Prezidentlar ikki davlat munosabatlari, kun tartibida turgan dolzarb masalalar hamda oliy darajadagi Qozog‘iston-Turkiya strategik sheriklik kengashining uchinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilishadi. Uchinchi yig‘ilish 2017 yili Turkiyada ikki siyosatchi ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan oldinroq, Turkiyadagi mahalliy nashrlarda Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z mamlakatining ShHTga a'zo bo‘lib kirishi masalasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan muhokama o‘tkazgani xabar qilingandi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, turkiyaliklar rahbari YeIga a'zo bo‘lish - Turkiyaning yagona varianti emasligi haqida gapirgan.
"Brexit tarqalishi mumkin, Fransiyada, Italiyada shunday gaplar yuribdi. Bunday sharoitda Turkiya o‘zini xotirjam his qilishi mumkin. Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lish biz uchun yagona variant ekani haqida gapirish kerak emas. Turkiya ShHTga a'zo bo‘lib kirishi ham mumkin. Men buni Putin va Nazarboyev bilan gaplashdim. Turkiyaning ShHTdagi ishtiroki bizga bu mintaqa davlatlari bilan aloqalarda erkin harakatlanish imkonini beradi", degandi Erdo‘g‘an O‘zbekistonga safarini yakunlab qaytganida jurnalistlarga.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025