Jahon | 20:31 / 09.12.2016
3565
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi teraktlar tufayli 30 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya shimoli-sharqida joylashgan Madagali shahridagi bozorlarda bir vaqtning o‘zida sodir etilgan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetdi. Bu haqda Frans Press agentligi mahalliy harbiylarga tayanib xabar tarqatgan.

"Kamida 30 kishi 2 xudkush sodir etgan portlash oqibatida halok bo‘ldi", deya agentlikka ma'lumot bergan mayor Badar Akintoyye.

Hodisa tafsilotlari keltirilmagan.

Hukumat qo‘shinlari bu shaharni o‘tgan yili "Boko Haram"dan ozod qilgandi. Hozirda harbiylar Sambis shahri yaqinidagi o‘rmonga yashiringan terroristlar ustiga hujum qilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid