Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov Suriyadagi «yovuzliklarga qarshi kurashish»ga tayyorligini bildirdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Suriyada «yovuzliklarga qarshi kurashish»ga tayyorligi xususida bayonot berdi. Buning uchun Oliy bosh qo‘mondonning buyruq berishi kifoyadir. U shuningdek, «Sharq» va «G‘arb» nomli batalonlarning mavjudligi haqidagi xabarlarni rad etgan. OAVda, shu nomdagi maxsus harbiy batalonlar Suriyaga yuborilgani haqida axborotlar paydo bo‘lgan edi. Qodirov bu haqda Instagram sahifasida so‘z yuritgan.
«Mas'uliyatni zimmamga olgan holda aytamanki, Chechenistonda hech qanday «Sharq» va «G‘arb» kabi batalonlar yo‘q. Boshqa mintaqalarda bo‘lgani kabi Chechenistonda ham Rossiya mudofaa vazirligi bo‘linmalari joylashtirilgan. Ularda Rossiya va Checheniston hamda Federatsiyaning boshqa sub'yektlarining fuqarolari xizmat qilmoqda. Yaxshi ma'lumki, Rossiya qo‘shinlari Suriyada quruqlikda harbiy amaliyotlarda ishtirok etmayapti», — deb yozgan Checheniston rahbari.
«Ammo, mabodo Chechenistondagi harbiylarga Suriyadagi Rossiya aviabazasini mudofaa qilish bo‘yicha buyruq berilsa, bu sharafli vazifadir», — degan respublika yetakchisi.
Qodirov, shuningdek, o‘zi ham Suriyaga borishga tayyorligini ta'kidlagan.
«Men Rossiya Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining buyrug‘i bilan Suriyada yovuzliklarga qarshi kurashishdan baxtiyor bo‘lardim va faxrlanardim», —deb yozgan Qodirov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «agar terrorchilar yo‘qotilmasa, ular, o‘zlarini kam kutayotgan joyda paydo bo‘lishadi».
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025