Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela rahbari braziliyalik hamkasbini “yollanma qotil” deb atadi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro payshanba kuni braziliyalik hamkasbi Mishel Temerni “yollanma qotil” deb atadi.
"Mishel Temerning Braziliyada qilayotgan ishlari hattoki Pinochet tomonidan Chilida ham qilinmagan. Braziliyada “yollanma qotil” Mishel Temer tomonidan bizga qardosh bo‘lgan xalqqa qarshi jinoyat amalga oshirilmoqda", - deya ma'lum qildi Maduro Karakasdagi tadbir davomida chiqish qilib.
Maduroning fikriga ko‘ra, Temer Braziliya xalqidan Inasio Lula da Silva va Dilma Rousseffning so‘l hukumati tomonidan berilgan ijtimoiy imkoniyatlarni olib qo‘ymoqda.
Braziliya yangi hukumatining konstitutsiyaga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirish loyihasida yaqin 20 yil davomida davlat sarf-xarajatlari darajasini muzlatib qo‘yish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ijtimoiy xarajatlar miqdori ham keskin kamaytiriladi. Bu esa iqtisodiyoti og‘ir ahvolda bo‘lgan mamlakatda jiddiy e'tirozlarga sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025