Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun 2016 yilgi Nobel mukofoti o‘z egalariga topshiriladi
10 dekabr kuni Stokgolm va Oslo shaharlarida tinchlikni targ‘ib etish, tibbiyot yoki fiziologiya, fizika, kimyo,shuningdek, iqtisod sohasidagi kashfiyotlar uchun 2016 yil uchun Nobel mukofoti o‘z egalariga topshiriladi. Bu haqda Nobel fondining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu yil laureatlar sifatida 11 kishi e'tirof etilgan. Stokgolm va Osloda o‘tadigan marosimda Bob Dilandan boshqa barcha mukofot egalari ishtirok etadi. Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti egasi Bob Dilan Stokgolmga kela olmasligini ma'lum qilgan.
Nobel kuni Osloda, Toshkent vaqti bilan 17:00da, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga mamlakatda 50 yildan ziyod vaqt mobaynida davom etgan fuqarolik urushini to‘xtatgani uchun tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha mukofot berishdan boshlanadi.
Stokgolmda Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadigan taqdirlash marosimida turli yo‘nalishlarda, shuningdek, iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha mukofotlar o‘z egalariga topshiriladi.
Mavzuga oid
08:12 / 25.02.2023
Osloga qochgan «Vagner» sobiq qo‘mondoni mushtlashuv uchun hibsga olindi
20:13 / 07.10.2020
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti genomni tahrirlash usulini kashf etgan olimlarga topshirildi
09:57 / 05.10.2020
Nobel mukofoti sovrindorlarini e'lon qilish haftaligi boshlandi
00:24 / 08.12.2019