Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sochida so‘nggi 5 yil ichidagi rekord darajada qor yog‘di
Sochida so‘nggi 5 yil ichidagi rekord darajadagi qor yog‘ishi kuzatildi. Shanba kuni ertalab boshlangan qor yog‘ishi kun oxiriga kelib 63 santimetrni tashkil qildi, – deyiladi shahar ma'muriyatining rasmiy saytida.
“Sochi rahbarining birinchi o‘rinbosari Mugdin Chermit rahbarligida tezkorlik bilan joylarda shtab yaratildi. Ko‘chalarni tozalashga barcha kuchlar tashlandi”, – deyiladi xabarda.
Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, sinovli uchishni amalga oshirish uchun trassalari ochilgan tog‘ chang‘i kurortlarida alohida ish olib borilmoqda. Shahar ma'muriyati xodimlari hamda ko‘ngillilar uchun kerakli ashyolar tayyorlangan, shuningdek, yakshanba kuni yo‘llarni tozalovchi qo‘shimcha texnika ham kelishi rejalashtirilgan.
“Ertaga kun ilishi, yomg‘ir va yer yaxlashi kutilmoqda”, – deya qo‘shimcha qilinadi shahar ma'muriyatining rasmiy saytida.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
12:07 / 16.05.2025
17 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
21:59 / 10.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
22:45 / 03.05.2025