Jahon | 15:53 / 10.12.2016
8083
1 daqiqa o‘qiladi

The Times: Turkiya NATOga Rossiya va Xitoy tarafdorlarini vakil sifatida tayinladi

Foto: AP

Turkiya jumhuriyati NATOga o‘zining yangi vakillarini tayinlashni rejalashtirayapti. Harbiylar Rossiya, Xitoy va Eron tarafdorlari hisoblanib, g‘arb bilan birgalikda harbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi, deb yozmoqda The Times nashri o‘z manbalariga tayangan holda. 

Nashrning ta'kidlashicha, tahririyat ixtiyorida yaqinda vazifasidan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarning alyans oliy bosh qo‘mondoni Kertis Skaparottiga yo‘llagan maktubining nusxasi bor. 

Generalga ma'lum qilinishicha, Turkiya armiyasida «ultramillatchilik va aksilg‘arb kayfiyatlari kuchayib bormoqda». 

Turk ofitserlaridan birining aniqlik kiritishicha, «ularning ayrimlari NATO qadriyatlarini shubha ostiga qo‘yadi va hatto g‘arb tashkilotlarini yomon ko‘radi. Ular Rossiya, Xitoy va Eronni qo‘llab-quvvatlaydi».

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid