Tojikiston TIV: YeXHT siyosati ikki xil standartga ega
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov YeXHT TIVKning 23-majlisida Dushanbening kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan qarashini bildirdi. Bu haqda, TIV axborot departamenti xabar qilgan.
«Sirojiddin Aslov YeXHT ishtirokchi davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining diqqatini tashkilot va uning safidagi ayrim mamlakatlarning ba'zi qarashlarida ikki xil standart mavjudligiga e'tiborni qaratgan», — deyiladi xabarda.
Tojikiston tashqi ishlar vaziri YeXHTni isloh qilish masalasi bo‘yicha ham fikrini bildirgan. Shu bilan birga, Tashkilotga a'zo davlatlarning terrorizm, giyohvand moddalar va qurol-yarog‘larning noqonuniy savdosi, Afg‘onistondagi xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha birgalikda choralar ko‘rish zarurligini ta'kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniyaning Hamburg shahrida 8-9 dekabr kunlari YeXHT TIVKning 23-majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi delegatsiya ham qatnashdi.
Mavzuga oid
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
08:50 / 26.10.2024