Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi portlashni xudkush va minalashtirilgan mashina yordamida amalga oshirishgan
Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Istanbulda ikkita portlash bo‘lganini tasdiqladi. Uning fikricha, ikkinchisini xudkush-terrorchi amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.
“Biz ikkita portlash yuz bergan, deb baholaymiz. Ularning birinchisi xudkush-terrorchi, ikkinchi esa minalangan avtomobil bo‘lishi mumkin, sabab u kuchliroq portlagan. Halok bo‘lganlar haqida birozdan so‘ng ma'lum qilamiz”, – dedi Soylu.
Rasmiy ma'lumotlar berilmagan bo‘lsa-da, Al Jazeera Turk kanali 15 nafar halok bo‘lganlar haqida ma'lum qilgan. Shuningdek, 38 nafar yaralanganlar haqida ham ma'lumot berilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
17:01 / 24.05.2025