Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyaliklar birinchi marta Yevropaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniga ega bo‘lishadi
Qantas Pertdan Londonga uzluksiz reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu Avstraliyani Yevropaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib chiquvchi dunyodagi birinchi uzluksiz yo‘lovchi reysi hisoblanadi. Gulf News nashri shu haqida ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, aviakompaniya 17 soatli parvozlar uchun Boeing 787-9 Dreamliner samolyotlaridan foydalanadi.
"Avstraliyaliklar hech qachon Yevropaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniga ega bo‘lishmagan. Shunday ekan, bu katta imkoniyatlarga yo‘l ochadi", - dedi ijroji direktor Alan Joys.
"Bu sayohatchilar uchun yaxshi yangilik, chunki endilikda Londonga borish yengillashadi. Bu G‘arbiy Avstraliya uchun ham yaxshi yangilik, chunki u yangi ish o‘rinlarini paydo qilib, turizmning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu millat uchun ham yaxshi yangilik, chunki u bizni eng yirik savdo hamkorlarimizdan biriga yaqinlashtiradi", - qo‘shimcha qildi u.
Ushbu parvoz dunyoning eng uzoq parvozlaridan biri va Dreamliner'ning eng uzoq parvozi hisoblanadi.
Manbaga ko‘ra, parvoz chiptalari kelasi yilning aprelida sotuvga chiqadi.
Dunyodagi eng uzoq parvoz qiluvchi uzluksiz reys Dubaydan (BAA) Oklendga (Yangi Zelandiya) qatnovchi Emirates EK448 va u yerdan qaytuvchi EK449 reysi bo‘lib, u 14 200 kilometrni tashkil qiladi. Mazkur reys 2016 yilning 1 martidan yo‘lga qo‘yilgan. Birinchi reys Airbus A380-800 samolyoti orqali amalga oshirilgan, lekin keyingi muntazam reyslarda Boeing 777-200LR qo‘llanilgan.
Qantas'ning 17 soatli Pert-London to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysining masofasi esa 14 498 kilometrni tashkil qiladi va dunyoning yetakchi aviakompaniyalari o‘rtasida raqobatni yuzaga keltiradi.
Mavzuga oid
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
11:56 / 06.02.2025