Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Yevropa Ligasida nimchorak final juftliklari aniqlanadi
Bugun Shveytsariyaning Non shahridagi UYeFA ofisida Yevropa Ligasining nim chorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi o‘tkaziladi.
Bu bosqichda klublar ikki savatchaga ajratilgan. Guruh bosqichlari g‘oliblari va YeChLda uchinchi o‘rinni egallagan 8 jamoadan 4tasi "saralanganlar" guruhida bo‘ladi. Qolgan jamoalar "saralanmaganlar" guruhini tashkil etadi.
Bu bosqichda bir mamlakat vakillari o‘zaro uchrashmaydi. Bundan tashqari, bir guruhda o‘ynagan jamoalar o‘zaro duch kelmaydi, shuningdek, siyosiy vaziyat tufayli Rossiya va Ukraina jamoalari uchrashishi oldi olingan.
Saralanganlar: APOEL (Kipr), «Ayaks» (Niderlandiya), «Beshiktosh»*, «Usmonlispor», «Fenerbahche» (barchasi – Turkiya), «Genk» (Belgiya), «Zenit» (Rossiya), «Kopengagen» (Daniya)*, «Lion», «Sent-Eten» (ikkisi – Fransiya)*, «Roma», «Fiorentina» (ikkisi – Italiya), «Sparta» (Chexiya), «Tottenhem» (Angliya)*, «Shalke» (Germaniya), «Shaxter» (Ukraina).
Saralanmaganlar: AZ (Niderlandiya), «Anderlext», «Gent» (ikkisi – Belgiya), «Astra» (Ruminiya), «Atletik», «Vilyarreal», «Selta» (barchasi – Ispaniya), «Borussiya» Menxengladbax (Germaniya)*, «Krasnodar», «Rostov»* (ikkisi – Rossiya), «Legiya» (Polsha)*, «Ludogorets» (Bolgariya)*, «Manchester Yunayted» (Angliya), «Olimpiakos», PAOK (ikkisi – Gretsiya), «Xapoel» Beyer-Sheva (Isroil).
*1/16 final bosqichiga chempionlar ligasidan qo‘shilgan jamoalar.
Qur'a tashlash marosimi YeChL uchun qur'adan keyin – Toshkent vaqti bilan soat 17.00da boshlanadi.
1/16 final bosqichi o‘yinlari 2017 yilning 16 va 23 fevral kunlarida o‘tkaziladi. Birinchi savatdagi guruhlar ilk o‘yinlarni o‘z maydonida o‘tkazadi.
Qur'a jarayonini ushbu havola orqali jonli ravishda kuzatish mumkin >>>
Mavzuga oid
05:16 / 07.03.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar
16:38 / 31.01.2025
«Siti» o‘tish o‘yinlaridayoq «Real»ga duch keldi. Barcha juftliklar ma’lum
03:32 / 31.01.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ni o‘tish bosqichiga olib chiqdi, «MYu» va «Tottenhem» to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalda
22:27 / 29.08.2024