Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Bosh shtabi sobiq rahbari Palmiradagi voqealar yuzasidan fikrlarini bildirdi
Rossiya armiyasi generali Yuriy Baluyevskiy Suriyaning Palmira shahridagi so‘nggi vaziyat yuzasidan fikrlarini bildirgan. U 2004-2008 yillarda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari bo‘lgan, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.
Generalning fikricha, bu harbiy rejalashtirish borasida nuqsonlar borligini ko‘rsatadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat, uzoq davom etgan gumanitar tanaffus sababli ham vujudga kelgan. Aynan shu tufayli jangarilar qayta guruhlanib, o‘ch olish imkonini yo‘qqa chiqargan.
«Bu yana bir bor harbiy ustunlikka berilgan zarbadir. Shu jumladan, bizlarnikiga ham», — deb qayd etgan general.
Baluyevskiyning ta'kidlashicha, harbiylar ushbu holatni oldinda ko‘ra olishlari va bunga javoban harakatlarni rejalashtirib qo‘yishlari lozim edi.
«Jangarilarni hech narsa to‘xtatmasligi aniq edi. Ammo, bugungi kunda, bizlar amalga oshirayotgan narsalar, xususan, gumanitar tanaffuslar, harbiy sifatida menga tushunarsiz», — deya qo‘shimcha qilgan general.
Baluyevskiy, shuningdek, terrorchilarning Palmirani qaytarib olishi munosabati bilan Rossiya harbiy rahbariyatini tanqid qilgan.
«Suriya armiyasining ahvoli qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, raqib kuchlarining Palmira atrofida to‘planishini kuzatmaslik <...> Bu noto‘g‘ri. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Va u yerdagi hamkasblarimni tushunmayapman. Balki, suriyaliklarda bizlardagi imkoniyat yo‘qdir. Ammo, Palmirani olishgani rost bo‘lsa, biz qayoqqa qaradik?», — deya savol bilan murojaat qilgan general.
Shu bilan birga, Baluyevskiy, Palmira nazorati tez orada tiklanishiga shubha qilmagan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025