O‘zbekiston | 15:39 / 12.12.2016
8758
1 daqiqa o‘qiladi

«Uralximmash» AJ O‘zbekistonga katta miqdorda uskunalar yetkazib beradi

Foto: ekb.ru

Rossiyaning «Uralximmash» AJ «Mubarak gazni qayta ishlash zavodi» MChJga 1,3 ming tonna turli uskunalar yetkazib beradi. Bu haqda, Rossiya kompaniyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda

O‘zbek tomoni bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, A-1 absorberi, Ye-2 tozalanmagan gaz separatori, Ye-3 va Ye-6tozalangan gaz separatori, Ye-1 birlamchi separatorning har biridan 3 donadan tayyorlab berishi kerak. 

Umumiy hisobda, «Uralximmash» jami og‘irligi 1,3 ming tonnadan ortiq bo‘lgan 15ta uskunani O‘zbekiston tomoni buyurtmasiga asosan hozirlaydi. 

Tayyor mahsulot 2017 yil may oyi oxirigacha yetkazib berilishi kerak. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid