Light | 22:21 / 13.12.2016
78066
5 daqiqa o‘qiladi

Inson organizmini tozalashning 6 sinalgan usuli

Inson organizmi har tomonlama turli xil zararli ta'sirlarga uchraydi va zaharli moddalar bilan ifloslanib turadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslikning esa amalda iloji yo‘q. Okean suvlari orasida o‘z orolingizda istiqomat qilsangizgina toza-pokiza yashash mumkin. 

Shunga ko‘ra, aksariyat insonlar o‘z organizmlarini tozalashda turli usul va vositalardan foydalanadi. Xo‘sh, bu borada eng samarali bo‘lgan usul bormi? Bu borada, dastavval bilish lozim bo‘lgan va rioya etilishi jihat shuki, inson turli chiqitlarni qabul qilishni kamaytirishi kerak. Oshqozon faoliyatini buzadigan alkogol va qahva kabi ichimliklarni kamroq iste'mol qilish, shamollashga sabab bo‘luvchi shakarli va qayta ishlangan mahsulotlar tanovulini kamaytirish zarur. 

Hattoki, siz 24/7 tartibda to‘g‘ri ovqatlanishning uddasidan chiqqan taqdirda ham tananing tabiiy filtri hisoblangan jigarga o‘z vazifasini bajarishi uchun yordam berish foydadan xoli bo‘lmaydi. Jigar faoliyatini yaxshilash hujayralar va to‘qimalardagi zararli moddalarni kamaytiradi. Shu bilan birga, bu borada yaxshi natijaga erishish uchun quyidagi tavsiyalarga doimiy ravishda amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

1.  Kuningizni limon bilan boshlang. 

Nahorda uyqudan turgach, och qoringa yangi limonning yarmi siqilgan bir jom iliq suv iching. Bu tanani kaliy, kalsiy va magniy kabi moddalardan iborat kishini tetiklantiruvchi elektrolitlarga to‘yintiradi. Inson uxlaganda, uning tanasi  toksinlar bilan birga namlikni ham yo‘qotadi. Shu sababli, inson uyg‘onganida tananing namligini tiklash zarur hisoblanadi. Limon, shuningdek, jigarga ko‘proq enzim ishlab chiqarishiga ko‘maklashadi, bu esa, ovqat hazm qilishni va zaharli moddalarning tanadan chiqarib yuborilishini tezlashtiradi. S vitamini immunitetni mustahkamlaydi va erkin radikallardan himoyalaydi. 

2.  Egiluvchanlikni kuchaytiring

Yoga mashg‘ulotlarining umurtqa pog‘onasini egilishiga olib keluvchi har qanday usullari shlaklarning chiqishiga va ovqat hazm qilish jarayoniga turtki beradi. Doimiy ravishda asabiy buzilishlar ichki a'zolar muammolariga sabab bo‘ladi. Oddiygina mashqlarni bajarish va xotirjam chuqur nafas olish ichki mushaklar va o‘pkani bo‘shashtiradi, shu bilan barcha a'zolar va tizimlarning ishlashini yaxshilaydi. 

3.  Sabzavotlardan ko‘proq iste'mol qiling

Yurak xastaliklari, qandli diabet, saraton kasalliklarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi surunkali shamollash kabi holatlarga oltingugurtga boy mahsulotlar iste'molini ko‘paytirish bilan barham berish yoki kamaytirish mumkin. Bular: piyoz, sarimsoq piyoz, brokkoli, va karamning barcha turidir. Sabzavotlarning ushbu turlari antioksidantlarga boy bo‘lib, tananing zaharlar va shamollashlarga qarshi kurashish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. 

4.  Tananingizni cho‘tka bilan tozalab turing

Haftada bir necha marotaba vanna yoki dush qabul qilishdan avval, quruq yumshoq cho‘tka bilan tanangizni tozalab turing. Bu turli kirlardan xalos qilishi barobarida o‘lik to‘qimalarni tushirib yuboradi, terining erkin nafas olishini va terlashini ta'minlaydi, shu bilan toksinlardan chiqarib yuboradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, teri ostidagi qon aylanishini yaxshilaydi, bu to‘qimalarning yangilanishi va ularning yashash xususiyatlarini yaxshilaydi. 

5.  O‘tli choylardan iching.

Ayrim o‘tlar, masalan, momaqaymoq va qushqo‘nmas kabilar jigar faoliyatiga turtki berish, to‘qimalarda zaharli moddalar to‘planishini kamaytirish xususiyatiga ega. Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, qushqo‘nmas hujayralarning qobig‘ini mustahkamlaydi, shu bilan ularga toksinlar singishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari, toksinlar zararini kamaytiruvchi fermentlar ishlab chiqishga yordam beradi. 

6.  Tuzli vannalar qabul qiling

Kechki vannaga dengiz tuzidan qo‘shib, uni kamida 20 daqiqa davomida qabul qiling. Tuz terini magniy va boshqa minerallar, oziqlantiruvchi moddalar bilan to‘yintiradi. Bular toksinlardan xalos bo‘lish jarayonini yaxshilaydi. Magniy tanada to‘planib qolgan chiqindilarni chiqarib yuborishni tezlashtiradi. 


 

Mavzuga oid