Fan-texnika | 20:50 / 13.12.2016
8257
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone'da Galaxy'dagi funksiyaning yaxshilangan varianti paydo bo‘lishi mumkin

Foto: Business Insider

Apple kompaniyasi ikki SIM-kartali iPhone chiqarishga jiddiy kirishib, bunga oid 2ta patent olgan. Gizmo China bergan ma'lumotga ko‘ra, bu texnologiya iPhone 7s yoki 8'da qo‘llanishi mumkin. 

iPhone 7 chiqishidan oldin Apple'ning Dual SIM Dual Active (DSDA) texnolgiyasini patentlagani haqida ma'lumot paydo bo‘lgan edi. Bu texnologiya ikki SIM-karta ham doimo faol holatda bo‘lib, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishni ta'minlaydi. 

Xitoyning Weibo tarmog‘ida topilgan 2ta patentda kompaniyaning 2016 yil fevral oyida qo‘ng‘iroq uchun SIM-karta tanlash texnologiyasi (patent raqami 2016101166075) hamda 2 martda ikki SIM-kartadan foydalanishdagi quvvat tejamkorligi *(patent raqami 2016100813788) borasidagi arizalarini ko‘rish mumkin. 

Foto: Hi-tech.mail.ru
Foto: Hi-tech.mail.ru

Insayderlar taxminiga ko‘ra, bu g‘oyalar 2017 yilda amalda qo‘llanadi. U qaysi smartfonda bo‘lishi haqida ma'lumot berilmagan. 

Bundan tashqari yangi smartfonga OLED-ekran o‘rnatilishi hamda undagi "Home" tugmasi olib tashlanishi mumkin. Uning vazifasini ekranning maxsus qismi yordamida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. 

Mavzuga oid