Jahon | 09:48 / 13.12.2016
14040
2 daqiqa o‘qiladi

Qur'onni tahqirlagan Jakarta gubernatori ustidan sud jarayoni boshlandi

Foto: © RIA

Indoneziya poytaxti gubernatori Basuki Chaxaya Purnama ustidan sud jarayoni seshanba kuni Shimoliy Jakarta tuman sudida ochildi. Uni kufrda ayblashmoqda, deb ma'lum qilgan sudya Dviarso Budi Santiarto.

"Yig‘ilish jamoatchilik uchun ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya ham o‘tkaziladi. Bu holat faqat dalil-isbotlar borasida so‘z yuritilganda yuz bermaydi", - deya uning so‘zlarini keltiradi Detik internet-portali.

Sud binosi oldidagi tartib 2 ming politsiyachi tomonidan saqlanmoqda, deb ma'lum qildi Jakarta Post nashriga poytaxt politsiyasi vakili Suyatno. Ayblov 13 prokuror tomonidan qo‘yilmoqda. Ularga esa 50 advokat qarshi chiqqan. Ayblanuvchi besh yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Purnama sentabr oyida poytaxt aholisi oldida chiqish qilib, islom boshqa dindagi inson musulmonlarni boshqarishiga imkon bermasligi borasidagi so‘zlarga Qur'on surasidan iqtibos keltirgan. Uning gaplari esa titrlarda xato bilan berilgan va bu ommaviy norozilikka sabab bo‘ldi. Bir oy davomida yuz minglab musulmonlar ishtirok etgan uchta ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazildi. 

Eslatib o‘tamiz, Purnama — Jakartaga gubernator etib tayinlangan yarim asr davomidagi birinchi boshqa dindagi kishidir. 
 

Mavzuga oid