Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi qonunni ma'qulladi
13 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 8-yalpi majlisida senatorlar "O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonunni ko‘rib chiqdilar.
Ta'kidlash joizki, prokuratura organlari tomonidan O‘zbekistonda qonun ustuvorligi, fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha anchagina ishlar olib borilmoqda.
Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ular tomonidan o‘z xizmat majburiyatlarining vijdonan va halol bajarilishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Hozircha bu sana qachon nishonlanishi ma'lum qilinmadi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
22:24 / 12.05.2025