Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: 2030 yilgacha YaIMni 2 barobardan ziyod ko‘paytirish kerak
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida nutq so‘zladi.
Prezident o‘zining yangi lavozimdagi asosiy vazifalar haqida gapirgan. U 2030 yilgacha O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotini (YaIM) 2 barobardan ziyod ko‘paytirishga erishishimiz lozimligini alohida ta'kidlagan.
"Iqtisodiyotimizning barqaror sur'atlar bilan o‘sishini ta'minlashdek muhim tamoyil va ustuvor vazifani amalga oshirish, davlat rahbari sifatida men uchun strategik vazifa bo‘lib qoladi.
Biz avvalo iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz kerak", degan prezident.
"Tarmoqlar va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e'tiborimiz markazida bo‘lishi lozim. Buning uchun xorijiy sarmoyalar va ilg‘or texnologiyalarni hamda axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol jalb etishimiz zarur bo‘ladi.
Aynan shu asosda 2030 yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 2 barobardan ziyod ko‘paytirishga erishishimiz darkor", deya ta'kidlagan yangi davlat rahbari.
Davlat rahbari qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalalari oldinda turgan eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishini ta'kidlagan.
Prezident eng avvalo, agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya'ni harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e'tibor qaratilishini ma'lum qilgan.
U iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish – hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanishini qayd etgan.
"Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya'ni “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”.
Shuning uchun bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilish – davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga to‘sqinlik qilish, deb baholanadi. Printsipial jihatdan g‘oyat muhim bo‘lgan bu pozitsiyamizni yana bir bor alohida ta'kidlab o‘tishni muhim va zarur deb hisoblayman.
Saylovchilar bilan uchrashuvlarda nafaqat tadbirkorlar, balki aholimizning keng qatlami ana shu talabni qat'iy qo‘llab-quvvatlaganiga shaxsan o‘zim chuqur ishonch hosil qildim", degan Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
22:41 / 24.05.2025
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
10:54 / 21.02.2025
O‘zbekiston YaIM hajmi 115 mlrd dollarga yetdi
19:45 / 21.01.2025
Nima uchun AQSh Yevropadan boyroq?
15:18 / 16.01.2025