BMT bosh kotibi: Suriya hukumati harbiy g‘alabaga erishmoqchi
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Damashq Suriyadagi ixtilofga harbiy g‘alaba orqali chek qo‘ymoqchi ekanligini aytdi.
13 dekabrda Fransiya tashabbusi bilan BMT Xavfsizlik kengashi Halabdagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi. Pan Gi Mun "oxirgi kun va soatlarda biz Suriya hukumati va uning ittifoqdoshlari mamlakatdagi ichki ixtilofga to‘liq va murosasiz harbiy g‘alaba orqali chek qo‘yishga bor kuch-g‘ayratini berayotganidan bo‘lak narsa ko‘rmadik", deb aytgan.
"Men avval aytganimdek, biz barchamiz Suriya xalqini o‘z holiga tashlab qo‘ydik. Xavfsizlik kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatdagi majburiyatini bajara olmadi. Tarix bizni oqlamaydi, biroq bu muvaffaqiyatsizlik Halab xalqiga shu lahzada o‘z birdamligimizni taqdim qilish uchun yanada ko‘proq ishni qilishga majbur qiladi", deb aytdi BMT bosh kotibi.
Pan Gi Mun Suriya, Rossiya va Eron hukumatlarini "Halabning tinch aholisiga zudlik bilan shaharni tark etish, barcha gumanitar agentliklarga shaharga kirish va hayotiy muhim yordamni yetkazishni osonlashtirishga imkon berishga" chaqirdi.
Mavzuga oid
10:30
BMT: Rossiya ukrainalik asirlarni shafqatsiz qiynoqlarga duchor qilmoqda
11:30 / 01.10.2024
BMT: 100 000 kishi Livandan Suriyaga qochdi
15:47 / 30.09.2024
“Yangi dunyo tartiboti odatda urushlardan keyin shakllanadi” - ekspertlar BMT islohoti haqida
13:30 / 30.09.2024