Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada katta firibgarlik uchun 200 xitoylik hibsga olindi
Ispaniya politsiyasi bir qator reydlar davomida telefon orqali 16 mln yevrolik (17 mln dollar) firibgarlikni amalga oshirishda gumon qilinayotgan 200 dan ko‘proq xitoylikni qo‘lga oldi. Bu haqda xitoylik mansabdor shaxsga iqtibos keltirgan holda ABC News xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, taxminiy firibgarlar Ispaniyada koll-markazlar (telefon orqali muloqot qilinadigan markazlar) tashkillashtirib, o‘z yurtdoshlarini aldab kelganlar. Ular dastlab o‘z qurbonlariga qo‘ng‘iroq qilib, ularning do‘stlari yoki qarindoshlari bo‘lib ko‘rinib, firibgarlar qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligidan ogohlantirishgan. So‘ngra firibgarlar qurbonlarga qayta qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini bunday firibgarliklarni tergov qilayotgan politsiyachilar sifatida tanishtirib, qurbonlarni soxta hisob raqamlarga pul o‘tkazishga ko‘ndirishgan.
Firibgarlar yetkazgan ziyon miqdori 17 mln dollarga baholangan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, jinoiy tarmoq Tayvandan boshqarilgan. Shuningdek, bu tarmoqning 5 ta qit'ada ham filiallari mavjud.
Xitoy hukumati jinoyatchilarning ekstraditsiya qilinishini kutmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025