Jahon | 15:10 / 14.12.2016
5178
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya IIV: mamlakatga 2016 yilda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan 3 ming shaxs kirmoqchi bo‘ldi

Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev politsiya 2016 yilning to‘qqiz oyida mamlakatga migrantlar sifatida kirmoqchi bo‘lgan deyarli 3 ming shaxs aniqlangani haqida ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kimsalar aslida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida deyarli 3 ming xorijlik fuqaro giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasida ishtirok etganida aniqlandi. Ular davlatga migrant sifatida kirmoqchi bo‘lgan», - dedi Kolokoltsev.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, IIV xodimlari FXX va Federal bojxona xizmati bilan hamkorlikda bunday shaxslarni aniqlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
 

Mavzuga oid